Shanhayda keng ko‘lamli yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi

Shanhayda keng ko‘lamli yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi

Xitoyning Shanhay shahrida kengligi taxminan 10–20 metr bo‘lgan yer o‘pirilishi kuzatildi. Hodisa bir necha soniya ichida ro‘y berib, yo‘l qismlari, qurilish materiallari va vaqtinchalik inshootlar chuqurlikka qulagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Haydovchilar va piyodalar xavfli hududdan o‘z vaqtida uzoqlashishga ulgurgan, qurilish maydonchasida ishlayotgan xodimlar esa favqulodda tartibda evakuatsiya qilingan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yer o‘pirilishiga metro qurilishi ishlari hamda bir kun avval aniqlangan suv sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.