Marko Rubio: "chegaralarsiz dunyo" g‘oyasi xatoligi Myunxenda aytildi

Marko Rubio: "chegaralarsiz dunyo" g‘oyasi xatoligi Myunxenda aytildi

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zga chiqib, global tartibni ustuvor qo‘yish va «chegaralarsiz dunyo» g‘oyasi amalda o‘zini oqlamaganini ta’kidladi.

– Uning bildirishicha, AQSH Yevropaning kuchli va mustaqil bo‘lishidan manfaatdor.

– Shuningdek, G‘arb mamlakatlarida ommaviy migratsiya hozirgacha kuzatilmagan darajaga chiqqanini qayd etgan Rubio bu jarayon jamiyat birdamligiga va davlatlarning kelajagiga jiddiy tahdid solayotganini aytdi.

– Uning fikricha, AQSH va ittifoqchi davlatlar suverenitetning muayyan qismini xalqaro institutlarga topshirib, ijtimoiy xarajatlarga ustuvorlik bergani sabab mudofaa salohiyati yetarlicha rivojlanmay qolgan.

– Davlat kotibi, shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti katta imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, hozirgi dolzarb muammolar bo‘yicha aniq va samarali yechimlar taklif qila olmayotganini tanqid qildi.

– Aytilishicha, BMT Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lmagan, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar esa asosan AQSH vositachiligida amalga oshirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.