Afg‘onistonda noma’lum shaxslar harbiy aerodromga hujum qildi


Qurollangan shaxslar Afg‘onistonning sharqiy Xost viloyatidagi harbiy aviabazaga hujum uyushtirdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Polisiyachilar so‘zlariga ko‘ra, uch nafar jangari Pokiston bilan chegara yaqinida joylashgan bazaga hujum qilgan. Ulardan biri o‘ldirilgan.
NATOning Kobuldagi missiyasi vakillari mazkur hodisaga hozircha sharh bermadi.
Avvalroq «Tolibon» Afg‘onistonda ketma-ket portlashlar sodir etgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













