NATOning 4 kemasi Odessa portiga kirdi


NATO alyansining harbiy-dengiz minalarga qarshi doimiy guruhi birlashmasi (SNMCMG2) kemalari 17 mart kuni Ukrainaning Odessa shahri portiga kirdi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotiga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Xabarga ko‘ra, Odessa portiga \"Kontr-admiral K.Cherniskiy\" (\"ORP KX CZERNICKI\", Polsha HDK), \"Duero\" (\"ESPS DUERO\", Ispaniya HDK), \"Rotveyl\" (\"FGS ROTTWEIL\", Germaniya HDK) va \"Alanya\" (\"TCG ALANYA\", Turkiya HDK) kemalari kirib keldi.
Qo‘mondonlik ma’lumotlariga binoan, NATO kemalari qo‘mondonlari Ukraina HDK qo‘mondonligi, Odessa viloyat davlat ma’muriyati hamda Odessa shahar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Kemalar 20 aprelgacha portda qoladi.






Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













