Xomanaiy o‘limi javobsiz qolmaydi — Erondan keskin rasmiy bayonot

Xomanaiy o‘limi javobsiz qolmaydi — Erondan keskin rasmiy bayonot

Eron prezidenti ma’muriyati ma’lum qilishicha, Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti javobsiz qoldirilmaydi.

Shu munosabat bilan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ham Oyatulloh Xomanaiyning o‘limi uchun albatta qasos olinishini ochiq bildirdi.

Eron hukumati tarqatgan rasmiy bayonotda:

“Biz butun kuch va qat’iy iroda bilan ushbu jinoyatni sodir etganlar hamda uni tashkil qilgan shaxslarni qilmishlaridan qattiq afsuslanadigan holatga solamiz”, — deyiladi.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi e’loniga ko‘ra esa,

“Eron xalqining qasos qo‘li millat imomining qotillarini og‘ir, qat’iy va pushaymon qiluvchi jazoga tortmaguncha to‘xtamaydi”, — deb ta’kidlangan.

Ayni paytda, Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan Mashhad shahrida joylashgan Imom Rizo masjidi ustiga motam bayrog‘i ilingani xabar qilindi.

Bu haqda Eron davlat televideniyesi orqali ma’lum qilindi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.