Tramp Eronga qattiq talab bilan chiqdi

Tramp Eronga qattiq talab bilan chiqdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan keskin bayonot berib, uni “shartsiz taslim bo‘lish”ga chaqirdi.

U Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Eron bilan shartsiz taslim bo‘lishdan boshqa hech qanday kelishuv bo‘lmasligini yozdi.

Trampning ta’kidlashicha, taslim bo‘lish va yangi “maqbul rahbar yoki rahbarlar” tanlanganidan so‘ng, AQSH ittifoqchilari va sheriklari bilan birgalikda Eronni iqtisodiy jihatdan avvalgidan ham kattaroq, yaxshiroq va kuchliroq qilish uchun tinimsiz ishlaydi.

AQSH rahbari, shuningdek, Eronni “buyuk kelajak” kutayotganini ham qayd etdi.

Bundan bir kun oldin Tramp Eronning yangi rahbariyatini tanlashda ishtirok etishi kerakligini aytgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.