Sigareta qutisidagi qo‘rqinchli suratlar natijasida Qozog‘istonda chekuvchilar kamaydi


Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Jamil Battakov mamlakatda chekuvchilar soni kamayganini ma’lum qildi. Bu haqda «Nur.kz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida Qozog‘iston Respublikasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish kamaygani aniqlandi. Avvalgi tekshiruvlar bilan solishtirganda chekuvchilar 26,5 foizdan 22,4 foizga kamaygan.
2013 yildan boshlab Qozog‘istonda qo‘rqinchli suratlar sigareta qutilarida paydo bo‘lgandi. Battakov so‘zlariga ko‘ra, oxirgi o‘tkazilgan so‘rovnoma qatnashchilarining 58 foizi tamakidan voz kechmoqchi ekanligini bildirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













