Angela Merkel qochoqlarni qishloqlarda joylashishga chaqirdi

Angela Merkel qochoqlarni qishloqlarda joylashishga chaqirdi
Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatga kelgan qochoqlarni katta shaharlarga intilmaslik, qishloq tumanlarida joylashishga chaqirdi. Bu haqda u haftalik videomurojaatida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

«Ko‘pchilik katta shaharlarga borishni istashini aytadi, biroq u erlarda uy-joy masalasi juda qiyin. Shu sababli aholisi kam qishloq joylari mavjud mintaqalarda joylashishlarini maslahat beraman. Biz birinchi galda Germaniyada qolish huquqini qo‘lga kiritgan kishilarni boshpana bilan ta’minlaymiz», — deya ta’kidladi Merkel.

Kansler nemislarni qochoqlarga nisbatan «ochiqroq» bo‘lishga chaqirdi.

«Suriya, Iroq, Shimoliy Afrika davlatlari haqida o‘ta kam bilamiz. Ularni yaxshiroq bilish, nimanidir o‘rganish imkoniyatidan foydalanishimiz lozim», — deb xulosa qildi Germaniya hukumati rahbari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.