Florida osmonida ikki samolyot to‘qnashdi, uchuvchilar halok bo‘ldi

Florida osmonida ikki samolyot to‘qnashdi, uchuvchilar halok bo‘ldi
AQShning Florida shtatida, Edjuoter shahrida uzoq bo‘lmagan hududda ikkita yengil motorli samolyot o‘zaro to‘qnashib ketdi. Bu haqda Florida Today\'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa oqibatida uchuvchilarning ikkisi ham halok bo‘lgan.

Guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyotlar birgalikda uchishga chiqqandi. Manevrlarning birini amalga oshirish vaqtida ular to‘qnashib ketgan.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Cessna 170 va Grumman American AA5B rusumli samolyotlar to‘qnashgan.

Samolyotlarda uchuvchilardan boshqa hech kim bo‘lmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.