Pentagon KXDR uchirgan raketa turini ma’lum qildi

Pentagon KXDR uchirgan raketa turini ma’lum qildi
Shimoliy Koreya, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta masofaga uchuvchi KN-15 ballistik raketasini uchirgan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.ru»ga tayanib \"Daryo.uz\" nashri.
Pentagon KXDR uchirgan raketa turini ma’lum qildi
Xabarlarga ko‘ra, Sinpxo aholi punkti yaqinidagi «er usti ob’ekti»dan uchirilgan raketa Yapon dengiziga qulagan.

«Kiodo» agentligi yozishicha, Yaponiya hukumati raketa parvozi munosabati bilan Pxenyanga norozilik bildirgan.

Raketa 60 kilometrga yaqin masofagacha uchib borgan. Janubiy Koreyada «provokasiyani muhokama qilish uchun» Milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch majlisi chaqirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.