Yaponiyada amaldorlar endi shortik ham kiyishi mumkin

Yaponiyada amaldorlar endi shortik ham kiyishi mumkin

Tokio hukumati davlat idoralari xodimlari uchun yanada erkin va zamonaviy kiyinish uslubini joriy qildi.

Yangi tartibga koʻra, amaldorlarga polo, futbolka, krossovka va ayrim hollarda shortik kabi qulay kiyimlarda ishlashga ruxsat berildi.

Bu qarorning asosiy maqsadi — yozgi issiqda konditsionerlardan kamroq foydalanish orqali energiya sarfini qisqartirishdan iborat.

Mutaxassislar bunday yondashuv nafaqat qulaylikni oshirish, balki ekologik samaradorlikka ham xizmat qilishini taʼkidlamoqda.

Qayd etilishicha, mazkur oʻzgarish Yaponiyada ilgari joriy etilgan “Cool Biz” dasturining kengaytirilgan shakli hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.