Avstraliyada Rottnest orolida kvokkalarga restoranga kirish taqiqlandi

Avstraliyada Rottnest orolida kvokkalarga restoranga kirish taqiqlandi

Avstraliyaning Rottnest orolida joylashgan restoranlardan birida kvokkalarning kirishi rasman taqiqlandi.

Maʼlum qilinishicha, maʼmuriyat tomonidan sayyohlar uchun bir nechta tilda ogohlantiruvchi yozuvlar oʻrnatilgan boʻlsa-da, bu qoidalarga ham mehmonlar, ham hayvonlar tomonidan toʻliq amal qilinmayapti.

Kvokkalar oʻzining yoqimtoy koʻrinishi tufayli odamlardan ovqat soʻrashga oʻrganib qolgan va tez-tez restoran ichiga kirib bormoqda.

Bu holat nafaqat tartibsizlik keltirib chiqarayotgani, balki hayvonlar salomatligi uchun ham xavf tugʻdirayotgani taʼkidlanmoqda.

Mutaxassislar insonlar isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlar kvokkalar uchun zararli ekanini, ularning organizmiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatishini qayd etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.