Kosmonavt Georgiy Grechko vafot etdi

Kosmonavt Georgiy Grechko vafot etdi
Kosmonavt Georgiy Grechko 8 aprel, shanba kechasi 85 yoshida olamdan o‘tdi, deya xabar berdi «Gazeta.ru»ga tayanib \"Daryo.uz\" nashri.

«8 aprel kechasi sobiq Ittifoq uchuvchi-kosmonavti, ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni, muhandis va kosmonavt Georgiy Mixaylovich Grechko 85 yoshida vafot etdi», — deb yozdi «Novosti Kosmonavtiki» portali.

Grechko koinotga uch marta parvoz qilgan. Grechko kosmosda umumiy hisobda 134 kun 20 soat 32 daqiqa 58 soniya bo‘lgan.

Shuningdek, Grechko birinchi sovet sun’iy yo‘ldoshi va sayyoralararo stansiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.