Bask ayirmachilari o‘z ixtiyori bilan qurollarini topshira boshladi

Bask ayirmachilari o‘z ixtiyori bilan qurollarini topshira boshladi

Basklarning ETA millatchilik guruhi jangarilari o‘z ixtiyori bilan qurollarini topshira boshladi. Bu haqda «Kommersant’»ga asoslanib \"Daryo.uz\" xabar bermoqda.

17 mart kuni basklarning Fransiyadagi ayirmachilari bo‘linmasi «Tinchlik o‘rnatish jarayoni doirasida qurolsizlanish» aksiyasini e’lon qilgan edi. 8 aprel ETA jangarilari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish uchun eng so‘nggi kun deb belgilangan edi.

Shunga bag‘ishlangan marosim vaqtida ETA vakillari Fransiya hukumatiga 118 ta o‘qotar qurol, 25 ming patron va qariyb 3000 kg portlovchi moddalar joylashgan hududni oshkor qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.