Moskva hayvonot bog'ida oq ayiq o'rdak bilan do'stlashmoqda


Foto: Videodan kadr
3 may kuni zoologlar tomonidan baland ovozi tufayli Kryakusha deb nomlangan kichik o\'rdak Moskva hayvonot bog\'ida oq ayiq Terpeyning qo\'rasiga uchib kirdi. Bu haqda Moskva hayvonot bog\'i matbuot xizmati xabar berdi.
Xodimlarning so\'zlariga ko\'ra, Kryakusha tasodifan qo\'raga tushib qolgan, ammo qolishga qaror qilgan. Qo\'riqchilar uni bir necha bor tutib, hovuziga qaytarib yuborishgan. Ammo kichkina sayohatchi yangi do\'sti Terpeyga qaytib kelavergan.
Terpey odatda bunday mehmonlarni yoqtirmaydi va ularni quvib chiqaradi, lekin u va Kryakusha deyarli bir haftadan beri birga vaqt o\'tkazmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













