XKS ekipaji Erga qaytdi

XKS ekipaji Erga qaytdi
Xalqaro kosmik stansiyasi ekipajining 3 nafar a’zosi Qozog‘istonga qo‘ndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligiga tayanib \"Kun.uz\" nashri.

\"Roskosmos\" fazogirlari Sergey Rijikov va Andrey Borisenko hamda NASA astronavti Robert Sheyn Kimbrou Erga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ular 173 kun fazoda qolishdi.

Bortida atigi ikki nafar fazogir bo‘lgan \"Soyuz MS-04\" parvozi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan 20 aprelda amalga oshirilishi belgilangan. Unda \"Roskosmos\" kosmonavti Fyodor Yurchixin va NASA astronavti Jek Fisher fazoga ko‘tariladi. Fazo kemasi XKSga 70 kgli yukni ham etkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.