Kashmir hududida Hindiston harbiy lageriga hujum uyushtirildi

Kashmir hududida Hindiston harbiy lageriga hujum uyushtirildi
Kashmir hududida Hindiston harbiy lageriga hujum uyushtirildi

Pokiston va Hindiston chegarasidagi Kashmir hududiga joylashtirilgan hind harbiy qismiga noma’lum qurolli guruh tomonidan hujum uyushtirildi. Hodisa oqibatida 9 nafar hind askari hamda ikki polisiyachisi halok bo‘lgan, deb xabar iermoqda «Kun.uz».

Terrorchilar bilan otishmalar bir necha soat davom etgan va 6 nafar jangari o‘ldirilgan deyiladi “Rossiya24” telekanalida berilgan xabarda.
Xabarlarga ko‘ra, bu jangarilar Pokiston tomonidan yollangan. Mahalliy OAVning qayd etishicha, bunday ko‘lamdagi to‘qnashuv oxirgi 6 yil davomida ilk marta yuz bergan.

Eslatib o‘tamiz, Kashmir bo‘yicha Hindiston va Pokiston munozaralari 1947-yildan buyon davom etib keladi. Hindiston tarkibida qolgan hudud aholisi ham Pokistonga qo‘shilishni ma’qullashadi. Chunki, bu huddudda asosan musulmon diniga e’tiqod qiladiganlar istiqomat qiladi.

Foto: vesti.ru
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.