Suriya chegarasida yana bir xavfli terrorchi ko‘lga olindi

Suriya chegarasida yana bir xavfli terrorchi ko‘lga olindi
Livan maxsus xizmati jangchilari “Jabhot an-Nusra” ekstremistik guruhining eng xavfli a’zolaridan biri Muhammad Xasveni qo‘lga oldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uni Suriya chegarasi yaqinidagi Ersal shahridagi maxsus operasiya davomida qo‘lga olishgan.

Abu Xolid al-Quseyri ismi bilan mashhur Xasve “An-Nusra” qanotini boshqargan va Beka vodiysining chegara hududlaridagi Livan harbiy xizmatchilariga qarshi qurolli chiqishlarga mas’ul shaxs bo‘lgan.

22 aprel kuni harbiy maxsus xizmat jangchilari Ersal yaqinidagi Vadi al-Husn tog‘li hududlarida faoliyat yuritgan “Islom davlati” guruhining qurollangan jamoasini yo‘q qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.