Rossiyaning Vorkuta shahrida qor yog‘di


5 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Komi respublikasining shimolida joylashgan Vorkuta shahrida qor yog‘di, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Qor ushbu hududdan anomal sovuq havo frontining o‘tishi natijasida yog‘gan. Ob-havo mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda ob-havo o‘zgarmaydi, havo harorati +4 gradusdan oshmaydi.


Keskin sovuq tushishi sababli shaharning kommunal xizmatlari turar joy binolaridagi isitish ta’minotini yoqishlariga to‘g‘ri kelgan.
[media=https://youtu.be/-e9_zAu6t7I]
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













