Qozog‘istonda neft omborida yong‘in chiqdi, bir kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda neft omborida yong‘in chiqdi, bir kishi halok bo‘ldi
Chimkent shahridagi neft omborida yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulotda vaziyatlar departamenti ma’lum qildi.

Yong‘in bugun ertalab, tahminan sakkizlarda «PetroKazaxstan Oyl Prodakts» korxonasi hududida yuz berdi, deya xabar tarqatdi Janubiy Qozog‘iston viloyat FV departamenti.

Departament matbuot kotibi Zaripa Turlibekovaning ma’lum qilishicha, alangani o‘chirishga 200 ga yaqin kishi jalb qilindi, ammo yong‘in hozircha bartaraf etilmadi. Uning aytishicha, favqulotda hodisa joyiga maxsus poezd yuborildi.

— Hodisa joyida jarohat olgan korxonaning 46 yoshli xodimi vafot etdi, — dedi Zaripa Turlibekova. Uning so‘zlariga qaraganda, yong‘in neft rezervuarida kelib chiqqan. Departament vakilining aytishicha, omborda AI-92 markadagi benzin zahirasi saqlanardi.

Ayni damda yong‘inning qo‘shni rezervuarlarga tarqalish xavfi bor, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda, dedi Zaripa Turlibekova.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.