Uzoq masofadan o‘q uzish bo‘yicha rekord yangilandi - 3540 metr!

Uzoq masofadan o‘q uzish bo‘yicha rekord yangilandi - 3540 metr!
Kanadalik harbiy Iroqdagi amaliyotlar vaqtida uzoqqa o‘q uzish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U IShID jangarisini 3540 metr masofadan nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Manbaga ko‘ra, snayper TAS-50 miltig‘idan foydalangan. O‘q nishonga tegishi uchun 10 soniya kerak bo‘lgan.

Bundan avvalgi rekord britaniyalik snayperga tegishli bo‘lib, u 2009 yilda 2475 metr masofadan tolibon jangchisini qulatgandi.
Uzoq masofadan o‘q uzish bo‘yicha rekord yangilandi - 3540 metr!
TAS-50. Foto: dnpmag.com


TAS-50 dunyoning eng yaxshi snayper miltiqlaridan biri hisoblanadi. Mashhur snayper Kris Kayl ham aynan shu quroldan foydalanishni ma’qul ko‘rgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.