Olma-Otada mashina yoqib yuboruvchi jinoyatchi videoga olindi

Olma-Otada mashina yoqib yuboruvchi jinoyatchi videoga olindi
Olma-Otada mashina yoqib yuboruvchi jinoyatchi videoga olindi

Olma-Otadagi kuzatuv kameralari mashina yoqib ketuvchi jinoyatchini videoga oldi. Videolavhani Motor.kz nashriga foydalanuvchi Dmitriy Golubinskiy yubordi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Nashrda yozilishicha, jinoyatchi bir oydan beri Toyota Land Cruiser rusumli 4ta va Toyota Sequoia rusumli 1ta mashinani yoqib yuborgan.
Birinchi holat 6 iyul kuni kuzatildi. O‘sha kuni biryo‘la ikkita yo‘ltanlamasga o‘t qo‘yildi. Uchinchi va to‘rtinchi mashinalar ikki kundan so‘ng yoqib yuborildi.
Oxirgi holat 14 iyul kuni kuzatildi – bu safar Toyota Land Cruiser Prado 150 mashinasi yoqib yuborildi. Aynan shu voqea kameralarda qayd qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.