Turkiyada bortida rossiyalik fuqarolar bo‘lgan vertolyot suvga quladi

Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatida Ka-32S o‘t o‘chiruvchi vertolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
O‘rmon yong‘inini o‘chirishda ishtirok etayotgan vertolyot Taxtali suv omboriga borib, suv olayotganda cho‘kib ketdi. OAVlar bergan ma’lumotga ko‘ra, vertolyotning suv solinadigan maxsus bakiga nimadir ilinib qolganda, uning dvigateli ishdan chiqqan. Vertolyot bortida uch nafar rossiyalik va ikki nafar Turkiya fuqarosi bo‘lgan. Hozirda ekipaj a’zolarining hayoti xavf ostida emas.
Nashrning xabar berishicha, falokatga uchragan vertolyot Izmir o‘rmon departamenti tomonidan ijaraga olingan. Vertolyotda bo‘lgan rossiyaliklar turklarning Balikesir viloyatida doimiy ravishda ishlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘rmon yong‘inini o‘chirishda ishtirok etayotgan vertolyot Taxtali suv omboriga borib, suv olayotganda cho‘kib ketdi. OAVlar bergan ma’lumotga ko‘ra, vertolyotning suv solinadigan maxsus bakiga nimadir ilinib qolganda, uning dvigateli ishdan chiqqan. Vertolyot bortida uch nafar rossiyalik va ikki nafar Turkiya fuqarosi bo‘lgan. Hozirda ekipaj a’zolarining hayoti xavf ostida emas.
Nashrning xabar berishicha, falokatga uchragan vertolyot Izmir o‘rmon departamenti tomonidan ijaraga olingan. Vertolyotda bo‘lgan rossiyaliklar turklarning Balikesir viloyatida doimiy ravishda ishlaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













