Xitoy savdo markazida erlarni qoldirish mumkin bo‘lgan "saqlash xonalari" tashkil etildi

Xitoy savdo markazida erlarni qoldirish mumkin bo‘lgan "saqlash xonalari" tashkil etildi
Xitoy savdo markazlaridan birida ayollar uchun erlarini vaqtincha qoldirishlariga \"saqlash xonalari\" taklif etilmoqda. Bu erda ayollar do‘konlarda xarid qilish vaqtlarida turmush o‘rtoqlarini qoldirishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Gazetaning yozishicha, Shanghaydagi Global Harbour savdo markazida rafiqalarining ortidan do‘konma-do‘kon yurishni istamagan erlar uchun maxsus shishali xonachalar qo‘yildi. Har bir kapsula ichida stul va kompyuter bo‘lib, unga 1990-yillardagi o‘yinlar o‘rnatilgan.
Xitoy savdo markazida erlarni qoldirish mumkin bo‘lgan "saqlash xonalari" tashkil etildi
Hozirda bu xizmat bepul taqdim etilayotgan bo‘lsa-da, kelgusida mijozlar telefon orqali uncha katta bo‘lmagan haq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Xitoy savdo markazida erlarni qoldirish mumkin bo‘lgan "saqlash xonalari" tashkil etildi
Bu xizmatdan foydalanishga ulgurgan erkaklar g‘oyaga yuksak baho berishgan. Ulardan biri, o‘zini maktab davrlariga qaytgandek his qilganini aytgan. Yana biri bu tashabbusni ma’qullagan bo‘lsa-da, ventilyasiya yoki kondisioner o‘rnatilmaganidan noligan. \"Men besh daqiqa ichida terga botdim\", — degan foydalanuvchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.