Misrda 30 jangari yo‘q qilindi

Misrda 30 jangari yo‘q qilindi
Misr xavfsizlik kuchlari qator reydlarni amalga oshirdi, uning doirasida Sinay yarim oroli shimolida 30 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda «Reuters»ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Harbiy amaliyotlar so‘nggi to‘rt kun davomida o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, 30 nafar «juda xavfli» jangari yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, yana besh nafari hibsga olindi, ularning qaysi guruhga a’zo ekanligi ochiqlanmagan.

14 iyul kuni Misrning Qizil dengiz bo‘yida joylashgan Xurgada kurortida hujum ro‘y berib, xorijlik sayyohlar o‘ldirilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.