BAAdagi “O‘zbekiston” oroli yaqinidan yana bir orolga joy ajratildi

BAAdagi “O‘zbekiston” oroli yaqinidan yana bir orolga joy ajratildi
Birlashgan Arab Amirliklarida 300 tadan ortiq orollarni o‘z ichiga olgan “Dunyo” sun’iy arxipelagida “Omsk” nomidagi yangi orol paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi orolning sun’iy arxipelagdagi joylashuvi haqiqiy xaritadan farq qilmagan holda “Qozog‘iston”, “Qirg‘iziston” va “O‘zbekiston” orollari atrofidan o‘rin egallaydi.
BAAdagi “O‘zbekiston” oroli yaqinidan yana bir orolga joy ajratildi
Hozirda “Omsk” orolining sun’iy arxipelagga kiritilishi haqida sun’iy yo‘ldosh xaritasida ma’lumotlar keltirilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, “Dunyo” sun’iy arxipelagi loyihasi BAA Bosh vaziri Muhammad bin Rashid al-Maktumga tegishli bo‘lib, u “Omsk” orolini xaritaga joylashtirish fikrini qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, sun’iy xaritada “O‘zbekiston”, “Omsk” oroliga yaqin bo‘lgan “Ekaterinburg”, “Rostov” va “Sibir” kabi orollar ham o‘rin egallagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.