Yosh yigitlardek ko‘rinishga ega qariya internet ahlini hayratga soldi

Yosh yigitlardek ko‘rinishga ega qariya internet ahlini hayratga soldi
Hozirda singapurlik “yosh yigit” model sifati faoliyat yuritmoqda. Agar siz uning haqiqiy yoshidan xabar topsangiz, qoyil qolishingiz aniq.

Dunyodagi ko‘pchilik kishilar umrboqiy yoshlik uchun borlarini berishga tayyor. Singapurlik Chuando Ten ham ana shunday insonlar toifasidan. Yaqinda Chuando Ten o‘zining 50 yoshini nishonladi. Ammo oltinchi o‘n yillikka qadam qo‘ygan qariyaning ko‘rinishi naq 25 yoshlik yigitlarnikidek.
Yosh yigitlardek ko‘rinishga ega qariya internet ahlini hayratga soldi
Xo‘sh, singapurlik qariyaning yosh ko‘rinishga ega bo‘lishining siri nimada? Chuando Tenning aytishicha, u doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanadi, tongda va tunda vanna qabul qilmaydi va xaynanski nomli achchiq qalampirli tovuq (Xitoy oshxonalaridagi mashhur taom) iste’mol qiladi.
Yosh yigitlardek ko‘rinishga ega qariya internet ahlini hayratga soldi
Chuando bir oz vaqt oldin xitoydagi “Yidian Zixun” yangi axboriy veb-sayti reklamasida suratga tushdi. Qolaversa, u o‘zining fotografiya yo‘nalishidagi biznesini ham samarali olib bormoqda.

Manba: Qalampir.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.