Video: Ichida odamlari bo‘lgan, 11 yil davomida daryo qa’rida yotgan avtomobil olib chiqildi

Video: Ichida odamlari bo‘lgan, 11 yil davomida daryo qa’rida yotgan avtomobil olib chiqildi
Daryo tubini tekshiruvdan o‘tkazayotgan g‘avvos dahshatli voqeaning guvohi bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
G‘avvos bu haqda polisiyaga xabar berdi. Ichida inson jasadi bo‘lgan, 11 yil ilgari daryoga qulagan avtomobil Cheboksari shahrida, Volga daryosi qa’ridan olib chiqildi.

Avtomashina salonidan 2006 yilning 7 dekabrida bedarak yo‘qolgan, deb hisoblangan 25 yoshli yigit va 21 yoshli qizning jasadi topildi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, avtomobilning qo‘l tormozi ishdan chiqishi oqibatida u qiyalikdan pastga, daryoga qulagan. Ayni paytda mutaxassislar ekspertiza o‘tkazib, voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.