Nayrobidagi namoyishlarda 9 kishi halok bo‘ldi

Nayrobidagi namoyishlarda 9 kishi halok bo‘ldi
Keniyadagi saylovdan keyin bo‘lgan namoyishlarda to‘qqiz nafar yigit o‘ldirilgan va Nayrobidagi o‘likxonaga joylashtirilgan. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Yigitlar tartibbuzarlarga qarshi o‘tkazilgan operasiya vaqtida polisiya tomonidan o‘ldirilgan.

Avvalroq namoyishlar vaqtida uch kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilgan. Ikki kishi Kisumuda otib tashlangan va Nayrobida to‘qqiz yoshli qiz tasodifan o‘ldirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.