Qozog‘istonda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Bugun 15 avgust kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida avtobus yonib ketdi. Yong‘in vaqtida transport vositasi ichida yo‘lovchilar bo‘lgan. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, olov 5 daqiqa ichida avtobusni qurshab olgan. Haydovchi o‘t o‘chirish moslamasini olishga ham ulgurmagan. Baxtli tasodif tufayli yo‘lovchilar avtobusdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
“O‘t o‘chirish mashinasi va tez yordam xizmati voqea joyiga zudlik bilan etib kelishgan bo‘lsa-da, transport vositasi butunlay yonib ketgandi”, deydi yo‘lovchilardan biri.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, simlarning nosozligi yoki ularning tutashuvi sabab avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, olov 5 daqiqa ichida avtobusni qurshab olgan. Haydovchi o‘t o‘chirish moslamasini olishga ham ulgurmagan. Baxtli tasodif tufayli yo‘lovchilar avtobusdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
“O‘t o‘chirish mashinasi va tez yordam xizmati voqea joyiga zudlik bilan etib kelishgan bo‘lsa-da, transport vositasi butunlay yonib ketgandi”, deydi yo‘lovchilardan biri.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, simlarning nosozligi yoki ularning tutashuvi sabab avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













