Qrimda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari yashin urib o‘ldi

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Igor Lanskoy Qrimning Sudak shahrida yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Voqea 18 avgust kuni ro‘y berdi, lekin amaldorning halok bo‘lgani haqida faqat 20 avgust kuni ma’lum qilindi.
18 avgust kechki soatlarida shaharda kuchli shamol bo‘lgan. O‘sha payti Genuya qal’asidagi Qiz minorasida turgan amaldor mobil telefonini olib, qo‘ng‘iroqqa javob bergan. Shu lahzada uni yashin urgan.
Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar Lanskoyning o‘limini qayd qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Voqea 18 avgust kuni ro‘y berdi, lekin amaldorning halok bo‘lgani haqida faqat 20 avgust kuni ma’lum qilindi.
18 avgust kechki soatlarida shaharda kuchli shamol bo‘lgan. O‘sha payti Genuya qal’asidagi Qiz minorasida turgan amaldor mobil telefonini olib, qo‘ng‘iroqqa javob bergan. Shu lahzada uni yashin urgan.
Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar Lanskoyning o‘limini qayd qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













