Islandiyada “Spark” avtomobili antiqahramonga aylandi

Islandiyada “Spark” avtomobili antiqahramonga aylandi
Islandiya poytaxti Reykyavik shahridan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Keblavik xalqaro aeroportida yengil rusumdagi avtomobil haydovchisi o‘zining shubhali harakatlari tufayli polisiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.

Polisiyachi mashinani boshqargan 20 yoshlar atrofidagi yigitga avtoulovdan tushishni va taslim bo‘lishni talab qilgan. Biroq, bunga javoban shubxali ko‘ringan shaxs tartib posboniga zarba berib, qochishga uringan.
Islandiyada “Spark” avtomobili antiqahramonga aylandi
Yo‘lda harakatlanayotgan “Chevrolet Spark” avtomobilini to‘xtatib, uni egasidan tortib olgan tartibbuzar ta’qibdan qutulish uchun mashinada aeroportning kutish zaliga qarab harakatlangan. Biroq, to‘siqni buzib o‘tishning uddasidan chiqmagan.

Hozirda mazkur holat sabablari o‘rganilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.