«Vey, kim bo‘libsanki, Turkiya prezidenti bilan bunaqa ohangda gaplashasan?..»

«Vey, kim bo‘libsanki, Turkiya prezidenti bilan bunaqa ohangda gaplashasan?..»
Ma’lumki, Turkiya prezidenti Rajap Toyip Erdo‘g‘an Germaniyada yashovchi turk muhojirlarini bundestag saylovlarida Angela Merkelga ovoz bermaslikka chaqirgandi.

Bu chiqishidan so‘ng Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Turkiya rahbarini o‘zga davlat ichki ishlariga aralashganlikda aybladi. Erdo‘g‘an ham bu ayblov javobini eshitish istagida bo‘lganlarni uzoq kutdirib o‘tirmadi.

— Sen o‘zi kimsan? — dedi u chiqishlaridan birida. — Turkiya prezidenti bilan shunaqa ohangda gaplashishni kim qo‘yibdi senga? Siyosatga qachon kirib kelgansan o‘zi? Yoshing nechada? Hali sen bizga siyosat darsini o‘tmoqchi bo‘ldingmi?..

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada bundestag saylovlari 2017 yil 24 sentyabrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.