Ostonada avtobus va 9 ta mashina ishtirokida yirik YTH yuz berdi

Ostonada avtobus va 9 ta mashina ishtirokida yirik YTH yuz berdi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida avtobus va to‘qqizta mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Polisiya bu holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi, deb xabar qilmoqda «Kun.uz».

«Valixonov ko‘chasidan Respublika shoh ko‘chasi tomon harakatlanib kelgan «Iveko» markali avtomashina haydovchisi oldinda turgan to‘qqizta mashina bilan to‘qnashuv sodir etdi. Haydovchi oldinda to‘siqlar paydo bo‘lganda boshqaruvni nazoratdan chiqargan va transport vositasini vaqtida to‘xtata olmagan», - deya xabar berishgan shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmatidan.

YTH natijasida uch haydovchi tan jarohati oldi va shifoxonaga etkazildi.

Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.