Arnold Shvarsenegger kasalmand o‘smirni o‘z tankida sayr qildirdi

Arnold Shvarsenegger kasalmand o‘smirni o‘z tankida sayr qildirdi
Amerikalik aktyor, siyosatchi va tadbirkor, 70 yoshli Arnold Shvarsenegger og‘ir irsiy kasallikdan aziyat chekuvchi 15 yoshli muxlisi Logan Dekerning orzusini ro‘yobga chiqarib, u bilan uchrashdi. Uchrashuv og‘ir kasalliklarga ega bolalar orzulari amalga oshishida yordam beruvchi Make-A-Wish (Tilagingni tila) jamg‘armasi shiori ostida o‘tdi.

Aktyor o‘smir bilan suhbatlashib, uning futbolkasiga dastxatini qo‘ydi. Biroq bu uchrashuvdagi eng esda qoluvchi lahza aktyor shaxsiy tanki M47 Patton’da o‘smirni sayr qildirgani bo‘ldi. Aktyor bu tankni 2002 yilda Avstriya hukumatidan 1,4 mln dollarga sotib olgan. Arni tankida yurish uchun o‘zining Kaliforniyadagi ranchosida hattoki maxsus yo‘l qurdirgan.
Arnold Shvarsenegger kasalmand o‘smirni o‘z tankida sayr qildirdi
Arnold Shvarsenegger kasalmand o‘smirni o‘z tankida sayr qildirdi
Arnold Shvarsenegger kasalmand o‘smirni o‘z tankida sayr qildirdi


Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.