Qobuldagi terakt oqibatida 20 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi

Qobuldagi terakt oqibatida 20 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Qobul shahridagi masjidda uyushtirilgan qo‘poruvchilik harakati oqibatida 20 nafardan ziyod odam hayotdan ko‘z yumdi. Qurollangan jangarilar ibodat vaqtida binoga bostirib kirib, terrorchilardan birining beliga o‘rnatilgan portlovchi uskunani ishga tushirgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari poytaxtning boshqa hududlarida ham portlashlar ro‘y bergani haqida ma’lumot tarqatgan. Xavfsizlik kuchlari qurbonlar sonining ko‘p bo‘lishidan himoyalanish vaqtida darhol maxsus operatsiyaga kirishmagan. Ammo yakunda hujum qilganlarning barchasi yo‘q qilingan. Shifokorlarning bildirishicha, qirqqa yaqin odam jarohatlangan.

Manba: uzbekistan24.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.