Texasga «Xarvi» dovuli yopirilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Texasga «Xarvi» dovuli yopirilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
AQShning Texas shtatiga «Xarvi» dovuli yopirilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Rokport yong‘inga qarshi kurash departamenti vakili Roy Leyrdga ko‘ra, ular shtatning Aranzas okrugida hayotdan ko‘z yumgan.

Dovul tufayli ayrim binolar vayron bo‘ldi, elektr uzatish liniyalari uzilgan, daraxtlar ildizi bilan qo‘porildi. Avariya brigadalari vayronalarda ishini davom ettirmoqda.

Rasmiylar «Xarvi» keltirgan to‘liq zararni hozircha baholashga ulgurmadi. Uning oqibatlarini bartaraf etishga 40 milliard dollar sarflanishi mumkinligi bildirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.