Saudiya Arabistoniga 1,8 mlndan ortiq ziyoratchi keldi

Saudiya Arabistoniga 1,8 mlndan ortiq ziyoratchi keldi
Saudiya Arabistoniga haj ziyoratiga butun dunyodan 1,8 milliondan ortiqroq kishi keldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Mamlakat chegara xizmatiga ko‘ra, ulardan 1,6 milliondan ortig‘i havo orqali uchib kelgan.

«Rejalarimizda 2 milliondan ortiq ziyoratchini qabul qilish ko‘zda tutilgan. Ulardan 1,73 millioni xorijdan kelishi kutilgandi», — dedi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi vakili Mansur al-Turkiy.

Joriy yil haj mavsumida 2016 yilga nisbatan ziyoratchilar soni ko‘proq bo‘ladi: o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1,86 million kishidan iborat bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.