Serbiyada ritsarlar jangi tashkil etildi (Video)

Serbiyada ritsarlar jangi tashkil etildi (Video)
Yevropaning turli hududlarida yashovchi, O‘rta asr an’analariga befarq bo‘lmagan muhlislar Serbiyada jam bo‘lishdi. Bu yerda qadimiy urf-odatlarga asoslangan xolda o‘ziga xos festival o‘tkazilyapti. Joriy yilgi tadbirda dunyoning 17 ta davlatidan ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Maqsad tomoshabinlarni O‘rta asr an’analariga oid ma’lumotlardan boxabar etishdan iborat. Jarayonni kuzatayotganlarning aytishicha, ayniqsa, dovyurak ritserlar o‘rtasida kechadigan bahslar juda hayotiy va ta’sirchan. Barcha kurol-yarog‘lar tarixiy manbalarda ta’riflanganidek yasalgan. Bellashuvlarda ayollar ham faol ishtirok etyapti.

Tomoshabinlarga O‘rta asr taomlarini tayyorlash uslubiga rioya qilgan holda pishirilgan yegulik va ichimliklar ham taklif etilyapti. Serbiyada 3-bor tashkil etilgan festivalni ko‘rish uchun qariyb 50 ming kishi kelgan.


Manba: uzbekistan24.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.