Moskvada terakt tayyorlashda gumonlanib ushlangan shaxs o‘zbekistonlik. U iqror bo‘ldi

Moskvada terakt tayyorlashda gumonlanib ushlangan shaxs o‘zbekistonlik. U iqror bo‘ldi
Murodbek Qodirov Moskva shahrida 1 sentyabr kuni teraktlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z aybini tan oldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

\"Men aybni tan olaman... Men aybdor emasman, afsusdaman”, - degan u Moskvaning Meshchansk sudida.

Qodirov O‘zbekistondan ekani, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgani, turmush o‘rtog‘i va farzandi borligini aytgan. U Moskvaga 10 mart kuni kelgan, shu yerda yashab, ishlagan.

Sud Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining murojaatini qanoatlantirdi va Qodirovni hibsga oldi. Tushuntirilishicha, ayblanuvchi yashirinishi va qonunlarga zid faoliyatni olib borishda davom etishi mumkin.

Kecha Moskva va Moskva viloyatida 1 sentyabrda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.