BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi

BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi
BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi

Bugun, 19 sentyabr kuni BAA shahzodasi, Dubay amirligi taxti vorislaridan biri shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum vafot etdi. Bu haqda amirlik ma’muriyati rasman ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz.

Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri Muhammad bin Al-Maqtumning o‘g‘li bo‘lgan shahzoda Rashid 34 yoshida yurak xuruji tufayli olamdan o‘tgani aytilmoqda.

Amirliklarda bu voqeaning to‘liq tafsilotlari hozircha ayon etilmayapti.

Ushbu hodisa tufayli mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilinishi kutilmoqda.

\"Biz barchamiz Allohning amri bilan kelganmiz va uning amri bilan uning oldiga qaytamiz\", deb aytiladi ushbu noxushlik yuzasidan berilgan rasmiy murojaatda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.