Bu yilgi Green card 3 oktyabrdan boshlanadi!

Bu yilgi Green card 3 oktyabrdan boshlanadi!
AQSh Sayyohat byurosi o‘zining rasmiy Twitter sahifasi orqali bu yilgi Green card (Permanent Resident Card) lotereyasi boshlanish kunini ma’lum qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar qildi.

Bu yilgi Green card lotereyasida qatnashmoqchi bo‘lganlar 3 oktyabrdan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Oxirgi muddat 3 noyabr kuni ekanligi xabarda aytilgan.

G‘oliblar 2018 yil 3 may sanasida ma’lum qilinadi.

Ma’lumot uchun, Green card g‘olibiga AQShda yashash, ishlash va o‘qish kabi huquqlar beriladi. Har yili 50 minga yaqin xorijliklar Green card lotereyasi orqali AQShga ko‘chib ketmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.