Kievda 7 nafar o'smir pishloqli mayonezdan zaharlandi

Kievda 7 nafar o'smir pishloqli mayonezdan zaharlandi
Kiev shahrida 7 ta o’smir “Shulyavskaya” metro bekati yaqinida bepul tarqatilgan pishloqli mayonezdan zaharlandi. Bu haqida “Korrespondent.net” nashri xabar bermoqda.

“5 oktyabr kuni bizga 1-sonli Bolalar shifoxonasidan “Chuqurlashtirilgan harbiy va jismoniy tayyorgarlik Kiev kolleji” ning 7 nafar o’quvchisi zaharlanish alomatlari bilan olib kelingani haqida xabar berilgan” deydi nashr muxbiri. Bolalar saqlash muddati 3 kundan keyin tugaydigan ushbu mayonezni tanovul qilishgan.

Ayni paytda mayonez tarqatilgan joyda maxsus tekshirish ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.