Kir yuvish mashinasiga berkinib olgan piton uy sohibini qo’rqitib yubordi.

Kir yuvish mashinasiga berkinib olgan piton uy sohibini qo’rqitib yubordi.


Tailandda istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan biri kir yuvish mashinasi buzilib qolgani bois ustani chaqirib, uni bir necha kun hovlida qoldiradi.

Mashina xona ichiga qayta olib kirilgach, uy sohibi – 48 yoshli Korncharun Rokchaya texnika vositasining chayqalayotganini payqadi. Eshikni ochganda esa unga hujum qilishga shaylangan bahaybat piton bilan to’qnash keldi.

Qo’rqib ketgan Korncharun orqaga yiqilib ketdi va darhol oyog’i bilan mashina eshigini yopdi. \"Mutaxassislar 3,5 metr uzunlikdagi pitonni kir yuvish mashinasidan chiqarib olgunlariga qadar naqd yarim soat vaqt sarflashdi\" deb yozmoqda "120.su" sayti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.