Amerikaliklar Uchinchi Jahon urushi haqida nimalarni o’ylayotganlari ma’lum bo’ldi

Amerikaliklar Uchinchi Jahon urushi haqida nimalarni o’ylayotganlari ma’lum bo’ldi
Deyarli har uchinchi amerikalik AQSH Uchinchi jahon urushi yo’lida ekanligiga ishonmoqda. Ushbu ko’rsatkich CBS telekanali va YouGov kompaniyasi so’rovnomalari natijasida aniqlangan. “So’rovnoma ishtirokchilarining 30%i ushbu fikrga qo’shilishini aytib o’tgan” deb yozadi “Vesti.ru”.

Shuningdek, ularning 48%i Uchinchi jahon urushi ehtimolini rad qilmadi, ammo urushda AQSHga kim qarshi chiqishi ham aniqlanmadi.

Ishtirokchilarning 62%i Shimoliy Koreya harbiy harakatlariga chap berish imkoniyati borligiga ishonsa, 32% ishtirokchilar KXDR ni chetlab o’tib bo’lmaydigan masala deb hisoblaydi.

So’rovnomada ishtirok etganlarning 59% qismi AQSH va uning tarafdorlari Pxenyan tomonidan bo’layotgan tahdidlarni to’xtatishiga ishonadi.

So’rovnoma 11-13 oktyabr kunlari o’tkazildi va unda 2400 ta odam qatnashdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.