Turkmaniston mustaqilligining 26 yilligini nishonlamoqda

Turkmaniston mustaqilligining 26 yilligini nishonlamoqda
Bugun, 27 oktyabr kuni Turkmanistonda Mustaqillik kuni nishonlanmoqda. Turkmaniston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan katta bayram tantanasi «Ashxobod» sport majmuasi markaziy stadionida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Sport maydoni markazida bayram tantanasi ishtirokchilari «XXVI» raqamini tasvirlashdi.

Ajoyib yakunga Turkmanistonning ko‘p rangli xaritasi aylandi, u tadbir ishtirokchilari tomonidan stadionda tasvirlandi. Dasturning eng asosiy nuqtasiga esa qushtdepdi marosim raqsi namoyishi aylandi.
Turkmaniston mustaqilligining 26 yilligini nishonlamoqda
Turkmaniston mustaqilligining 26 yilligini nishonlamoqda
Turkmaniston mustaqilligining 26 yilligini nishonlamoqda
Eslatib o‘tamiz, 1991 yilning 27 oktyabrida Turkmaniston SSR Oliy Kengashi umumxalq referendumi natijalari asosida «Turkmaniston mustaqilligi va davlat tizimi asoslari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, Turkmaniston SSR hududida mustaqil davlat e’lon qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.