Vetnamga yopirilgan «Damri» to‘foni oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Vetnamga yopirilgan «Damri» to‘foni oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Vetnamga yopirilgan «Damri» to‘foni oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy rasmiylar ma’lum qildi. Bu haqda «RBK»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Bu mamlakatga 2017 yilda yopirilgan hisob bo‘yicha 12-to‘fon ekanligi bildirilmoqda. Shamol tezligi soatiga 90 kilometr tezlikka yetmoqda.

To‘fon Vetnamning markaziy va janubiy hududlarida 600 dan ortiq binoni vayron qildi, 40 mingdan oshiq imorat shikastlandi. 30 mingdan ziyod kishi tabiiy ofat hukm surayotgan tumanlarni tark etishga majbur bo‘ldi.

«Damri» tufayli 40 ming gektardan ortiq maydondagi ekinlar, jumladan, sholi, kauchuk va shakarqamish plantatsiyalarini suv bosdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.