Moskvalik erkak tasodifan o’z o’g’lini otib qo’ydi

Moskvalik erkak tasodifan o’z o’g’lini otib qo’ydi
Moskva shahrida istiqomat qiluvchi erkak 11 yoshli o’g’lini tasodifan otib qo’ydi, deb xabar bermoqda xorij nashrlaridan biri. Bolani zudlik bilan shifoxonaga olib kelishgan.

Voqea Rossiya poytaxtining shimoli-g’arbiy tomonida sodir bo’lgan. Erkak yangi sotib olgan to’pponchasini yig’ib o’tirgan paytda qurol tasodifan otilib ketgan va bolaning chap biqiniga borib tekkan.

Bola travmatologik sharoitda shifoxonaga yotqizildi. Hodisaga tegishli boshqa tafsilotlar esa tekshirish ishlaridan so’ng ma’lum qilishi aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.