Ajabo! Finlandiyada chigirtkali nonlar ishlab chiqarilmoqda

Ajabo! Finlandiyada chigirtkali nonlar ishlab chiqarilmoqda
Bugun, 24 noyabr sanasidan boshlab Finlandiya poytaxtida tarkibiga quritilgan chigirtka qo’shilgan non sotuvga chiqdi. Bu haqida xor’ nashrlari ma’lumot bergan.

Ushbu non mahsulotini ishlab chiqarishini Fazer kompaniyasi o’z bo’yniga olgan. Mamlakatda hasharotlarni oziq-oqvat mahsuloti sifatida iste’mol qilish ma’qullangan.

Qayd etilishicha, bu kabi nonning bittasini pishirish uchun o’rtacha hisobda 70 ta quritilgan chigirtka kerak bo’ladi. Bu esa non vaznining 3% iga tengdir.

Hasharotlar o’z tarkibida ko’p miqdorda oqsil saqlagani va shu bilan birga ularni yetishtirish mol go’shtidan osonroq bo’lgani sababli ushbu mahsulotni kelajak yeguligi sifatida e’tirof etishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.