Tailandda bahaybat fil egasini o’ldirib, uning jasadini yashirib qo’ydi

Tailandda bahaybat fil egasini o’ldirib, uning jasadini yashirib qo’ydi
Tailandning Krabi provinsiyasida 37 yoshli fil o’z egasini o’ldirib, uning jasadini shox-shabbalar orasiga berkitib qo’ydi. Halok bo’lgan inson jasadini uning qarindoshlari topib olishgan.

Xabar berilishicha, fil kauchuk plantatsiyasida kun bo’yi yog’och tashib ishlagan. Uning egasi fermer Amorn Moрakot esa filni zanjir bilan bog’lash uchun uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Amornning qarindoshlari erkakni izlab, uni fil yaqinidagi novdalar uyumi ichida bo’lishi mumkinligi tahmin qildilar. Fermerning oila a’zolari fil oldin ham o’z sohibiga hujum qilganini aytib o’tishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.